Foydalanuvchi paneli
» » Maktab haqida

Maktab haqida

  • 16-02-2016, 22:17
  • 683
  • 0
  • Maktab haqida
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 157-maktabning 1-binosi 1960-yilda ishga tushirildi. Pedagog hodimlar 13-maktabdan ajralib chiqqan holatda 157-maktabda faoliyat yurita boshladilar. Jumladan, Alimova Aza Adiyevna, Badrian Zo’ya Vladimirovna, Holboyeva Inobat, Umarova Inobat, Umarova Gulsara Haydarovna, Hoshimova Karomat. 1979-1980-yillarda maktabning 2-binosi ishga tushirildi. Bunda maktab direktori Hoshimova Karomat Hashimovna, direktor o’rinbosari Toshmuhamedov Usmon, O’TIBDO’ Jo’rayev G’ulomnazir, matematika o’qituvchisi Ayhajayev Ubaydulla, Rahmedova Shohida, Sobirova Mavluda, ona tili fani o’qituvchilari Saidaliyeva Zumrad, Obidova Matluba, biologiya fani o’qituvchilari To’laganova Sharifa, Abdullayeva Raisa, chet tili o’qituvchilari Abdullayeva Muhtabar, Mirhusanova Saida, rus tili fani o’qituvchilari Yankina Taisa Pavlovna, Kalinina Valentina Ivanovna, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan Qurbonova Matluba, Abdug’afurova Nazira, Qodirova Hurshida, Sobirova Karima, Nazarova Mahbuba, Ismoilova Umida, Saidaliyeva Nasiba kabi ulug’ bilim egalari o’z faoliyatlarini yuritdilar. Bu ustozlarning ta’lim va tarbiyalarini olgan o’quvchilar O’zbekiston Respublikasiga o’z hissalarini munosib ravishda qo’shib bormoqdalar. Jumladan, mashhur futbolchi Mirjalol Qosimov, bir necha yillar Shvetsariyada O’zbekiston Respublikasi elchixonasida xizmat qilgan Hakimov Ismat, tez yordam klinikasining bosh vrachi, hozirda “Xotin-qizlar qo’mitasi” raisi Agzamxadjayeva Elvira kabi shogirdlarni sanab sanog’iga yetmaymiz.
dle 10.3