Foydalanuvchi paneli
» » 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlangan tadbir

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlangan tadbir

  • 18-02-2016, 18:26
  • 930
  • 0
  • / Sport bo'limi
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlanib maktabda tadbir o'tkazildi.


  Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!
     Sizlarni va oz hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob ishga bagishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug sana Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 19 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.
       Bu yil xalqimiz barchamiz uchun eng ulug, eng aziz bolgan shonli sana Ozbekiston Mustaqilligining 20 yillik bayramini keng nishonlaydi.
 
     Ana shu yillar davomida bosib otgan murakkab yolimizga nazar tashlar ekanmiz, otgan davr mobaynida amalga oshirgan, ozining kolami va mohiyatiga kora goyat ulkan va noyob, tom manoda tarixiy ishlarimiz natijasida bugungi kunda Ozbekiston zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi tayyorlangan, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taminlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish boyicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir oz milliy armiyasiga ega boldi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
     Yurtimizda qabul qilingan Mudofaa doktrinasi va armiyani isloh etish va modernizatsiya qilish hamda uning eski yondashuv va qoliplardan prinsipial jihatdan ajralib turadigan qurilish tizimi boyicha chuqur oylangan, uzoq muddatga moljallangan kompleks dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini boshqarishning zamonaviy talablarga va mintaqamizda yuz berishi mumkin bolgan harbiy harakatlar teatri talablariga javob beradigan yangi tizimi yaratildi. Qoshinlarning tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy-shtat qurilishi tubdan ozgardi.
     Bugungi zamonaviy sharoitda boshqarish nuqtai nazaridan noqulay, samarasiz bolgan qoshilmalarning, kop pogonali boshqaruv tizimining tugatilishi armiyamiz qiyofasini butunlay ozgartirdi. Qurolli Kuchlarimizning qudrati, jangovar salohiyati, harbiy qism va bolinmalarning harakatchanligi, tez va shiddatli tarzda kechadigan mahalliy operatsiyalarni olib borishga tayyorgarligi, mamlakatimiz chegaralari daxlsizligiga raxna solishga, uning hududiga suqilib kirishga urinadigan har qanday tajovuzkor bosqinchiga zarba berish qobiliyati yuqori darajada oshdi.
     Ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratildi. Bu tizim harbiy xizmatchilarga oz professional, nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish, harbiy-jangovar faoliyatning tajriba va malakasini egallash uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
     Oliy harbiy talim muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan ozgarmoqda. Ushbu bilim yurtlarida bolgusi ofitserlarni oqitish va tarbiyalash ishlari zamonaviy fikrlaydigan, oz xalqi, oz Vataniga sadoqatli ofitser kadrlarni shakllantirishni taminlaydigan mutlaqo yangi oquv-texnik va manaviy-axloqiy asosda yolga qoyilganini takidlash lozim.
     Hozirgi vaqtda qoshinlardagi harbiy xizmatchilarning uchdan ikki qismidan koprogi oquv mashgulotlarini jangovar vaziyatga mumkin qadar tola yaqinlashtirilgan holda olib borish imkonini beradigan zamonaviy trenajyor majmualari, modellashtirish va simulyatsiya vositalari bilan jihozlangan serjantlar tayyorlash maktablarida tayyorgarlikdan otgani ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Bunday tizim oquv materialini yanada sifatli ozlashtirish, birlamchi bogin komandir kadrlarining tayyorgarlik jarayonini ozgartirish, serjantlar korpusini soglom manaviy-axloqiy muhitni va harbiy intizomni shakllantirish tayanchiga Qurolli Kuchlarimizning mustahkam ozagiga aylantirish imkonini berdi.
     Qurolli Kuchlarning qism va bolinmalarini qurol-yarog va texnikaning zamonaviy turlari bilan taminlash masalalari doimiy etiborimiz markazida bolib qolmoqda.
     Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilanishi, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilishi, chaqiruvning bir yilda bir marta tashkil etilayotgani, qoshinlarda shartnoma boyicha xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar sonini kopaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar oquv-jangovar va tarbiyaviy ishlar tizimini prinsipial jihatdan ozgartirish, harbiy bolinmalarda manaviy-axloqiy muhitni soglomlashtirish, jamiyatimizda harbiy xizmatga bolgan ishonch va hurmat tuygusini kuchaytirish, bir soz bilan aytganda, armiyamizning jangovar tayyorgarligini butunlay oshirishga olib kelmoqda. 
        Harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish sohasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlar olib borilmoqda. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash, ularga zamonaviy tibbiy xizmat korsatishni yolga qoyish boyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi harbiy xizmatchilar hayotining moddiy-maishiy sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bermoqda. Faqat keyingi besh yilda harbiy unvonlar boyicha beriladigan oylik maoshlar, harbiy xizmatdan boshaganda tolanadigan yordam puli sakkiz martadan koproq oshirildi. Muddatli harbiy xizmatni otab bolgan shaxslarni moddiy va manaviy ragbatlantirish choralari, jumladan, oliy oquv yurtlariga kirishda ularga davlat tomonidan imtiyozlar belgilab qoyilgani, ishga joylashishda amaliy yordam korsatilayotgani mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatning nufuzi va obrosining yanada yuksalishida muhim omil bolmoqda.
Bugun otgan davr mobaynida harbiy va mudofaa qurilishi, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash sohasida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Vatanimiz sarhadlarining mudofaasi va himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini taminlash ishonchli qollarda, deb toliq asos bilan ayta olamiz.
 
Qadrli dostlar!
 
Bizning eng muhim vazifamiz har jihatdan zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan, zamonaviy qurol-yarog va texnika bilan taminlangan armiyani shakllantirish boyicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, uning tizimli va kompleks modernizatsiya qilinishini taminlashdan, qisqacha aytganda, xalqimiz munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan Qurolli Kuchlarni yaratishdan iboratdir. 
 
Afgonistondagi vaziyatning tobora murakkablashib borayotgani, narkotrafik, xalqaro terrorizm, ekstremizm keng tus olayotgani, bizga chegaradosh bazi mamlakatlarda yuzaga kelgan beqarorlik, shuningdek, mintaqamizda boshqa tahdid va xavf-xatarlarning saqlanib qolayotgani bizdan Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini taminlash, uning davlat chegaralarini himoya qilish va qoriqlash borasidagi choralarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bularning barchasi bizdan doimo hushyor va ogoh bolish, yaqin atrofimizda igvo qozgatib, keskinlik va qarama-qarshilik ochoqlarini keltirib chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlarni bartaraf etishga tayyor turishni talab qiladi. 
 
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish ota muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Birinchi. Mintaqamizdagi zamonaviy tahdidlar va xavfsizlikka qarshi qaratilgan xatarlarni tizimli va chuqur tahlil qilib borish, ularning orta va uzoq kelajakda olib kelishi mumkin bolgan oqibatlarini inobatga olgan holda, yuz berish ehtimoli bolgan harbiy harakatlar teatrini kuzatish va uning oziga xos xususiyatlarini hisobga olib borishimiz zarur. 
 
Allaqachon oz umrini otab bolgan bir qolipdagi yondashuvlarni qayta korib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga raxna soladigan har qanday xatti-harakatlarga qarshi Qurolli Kuchlarimizning munosib va samarali zarba berish imkoniyati va tayyorgarligini tanqidiy baholab borishimiz darkor. 
 
Ikkinchi. Barcha qoshin turlarini boshqarish va ozaro uzviy muvofiqlashtirishning samaradorligini yanada oshirish, qism va bolinmalarning strategik, operativ va taktik nuqtai nazardan aniq va bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishiga erishish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taminlash, mamlakatimiz chegaralarini buzib, yurtimizga bostirib kirishga qaratilgan har qanday yovuz urinishlarga zarba berish va ularni bartaraf etishga doimo tayyor turish lozim. 
 
Bu borada Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi, harbiy okruglarning qomondonlik va shtablari oldida goyat masuliyatli vazifalar turibdi. Ushbu tuzilmalar hozirgi sharoitlarda har qanday xavfning chorasini oldindan korishga va uzoqni kozlab ish olib borishga tayyor bolib turgan holda, mamlakatimiz mudofaa tizimidagi zaif nuqtalarni oz vaqtida aniqlab, ularning bartaraf etilishini taminlash uchun qomondonlik-shtab oquv mashqlarida ayni shunday tayyorgarliklar ustida ishlashni maqsad qilib qoyishi zarur. 
 
Bugungi kunda hayotning ozi Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirish va qollash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uygunlashtirishni, Qurolli Kuchlarimiz axborot-kommunikatsiyalarining raqamli yagona tarmogini yaratishni taqozo etmoqda.
 
Uchinchi. Barcha darajadagi qoshin turlarining hamkorligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida qomondonlik-shtab, tezkor-taktik, taktik-maxsus oquv mashqlari va mashgulotlarini otkazish, individual va guruh shaklidagi jangovar tayyorgarlikning butun tizimini qayta korib chiqish eng muhim vazifa bolib qolmoqda. Hamkorlikdagi operatsiyalarga jalb etiladigan chegara qoshinlari, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari, vertolyot-hujum bolinmalari va maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, boshqa jalb qilinadigan qoshin turlari hamkorligida turli model hamda variantlarni amalda qollash barcha oquv mashgulotlarining muhim tarkibiy qismiga aylanishi shart. Shu borada harbiy okruglar qomondonliklarining turli xavf-xatar va tahdidlarga qarshi tezkor zarba berish boyicha vazifalarni hal qilishda belgilangan operatsion yonalishlar doirasida amalda mustaqil va ozini ozi boshqarishga qodir bolishiga erishish lozim. 
 
Tortinchi. Qurolli Kuchlarimizning harakatchanligi, ozini ozi boshqarishi, yuksak jangovar tayyorgarlikka ega bolishiga erishishda harbiy qism va bolinmalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy qurol-yarog va harbiy texnika, aloqa va individual himoya vositalari bilan qayta jihozlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
 
Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini nazarda tutgan holda, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyot texnikasi, bronetank qurol-yaroglari, artilleriya tizimlari, zenit raketalari komplekslari, zalpli ot ochishning reaktiv tizimlari, yuksak darajada aniq nishonga oladigan zamonaviy qurollar, individual va guruh shaklida, shu jumladan, radioaktiv nurlanish hamda kimyoviy va biologik qurollardan himoyalanishning maxsus vosita va texnikalarini modernizatsiya qilish va ularning zamonaviy namunalarini sotib olish masalasiga alohida etibor qaratish darkor. 
 
Beshinchi. Qurolli Kuchlarimizni isloh etishning eng muhim yonalishlaridan biri ofitser va serjant kadrlarni tayyorlaydigan, qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan, intellektual jihatdan yuksak, analitik va strategik fikrlash qobiliyatiga, jangovar harakatlarni mohirlik bilan rejalashtirish salohiyatiga ega, qol ostidagi bolinmalarni samarali boshqarish, ularda soglom axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirishga qodir bolgan professional harbiylarni shakllantirishni taminlaydigan uzluksiz tizimni yanada takomillashtirishdan iboratdir. 
 
Qurolli Kuchlar qomondonligi harbiy talim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablarini eng zamonaviy talim jihozlari, jumladan, modellashtirish va simulyatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, harbiy poligon asbob-uskunalari bilan taminlash masalasiga bundan buyon ham asosiy etiborni qaratishi lozim. Oquv jarayonini tashkil etishda harbiy sohani rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini, muayyan hudud doirasida tez va shiddatli tarzda kechadigan operatsiyalar va jangovar harakatlar olib borish boyicha bugungi tajribalarni aks ettiradigan fan va ixtisosliklarni ozida mujassam etgan zamonaviy talim dasturlariga asoslanish zarur. Kursantlarni nazariy jihatdan tayyorlash ularning qoshinlar safidagi amaliy tayyorgarligi bilan uzviy ravishda toldirilishi, kundalik jangovar xizmat faoliyati bilan chambarchas bogliq holda olib borilishi kerak. 
 
Bularning barchasi harbiy talim muassasalari oqituvchi va instruktorlari tarkibi oldiga alohida yuksak talablar qoyadi. Ular yuqori darajadagi professional bilim va konikmalarga ega bolishi, zamonaviy oquv-tarbiya ishlarining shakl va usullarini puxta egallagan holda, ozining pedagogik va harbiy-professional malakasini doimo oshirib, xorijiy armiyalarning ilgor tajribalarini ozlashtirib borishi darkor. Muxtasar aytganda, ular oz xizmat burchini yuqori darajada ado etish, tartib-intizomga qatiy rioya qilish, yuksak madaniyat va axloq borasida ibrat va namuna korsatishlari lozim. 
 
Yuqorida zikr etilgan masalalarni hal etishda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi oldida katta vazifalar turibdi. Yaqinda uni tubdan qayta tashkil etish jarayonida oliy qomondonlik tarkibidagi ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, mudofaa qurilishi sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqot va ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mamlakatimizda harbiy talimni rivojlantirish masuliyati aynan shu akademiyaga yuklangani ham buning yaqqol dalilidir. Harbiy talim tizimini modernizatsiya qilishda yetakchi xorijiy davlatlar, jumladan, NATOga azo mamlakatlarning ofitser va serjantlar tayyorlash tajribasidan kengroq foydalanish zarur. 
 
Oltinchi. Mudofaa qurilishi sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati shaxsiy tarkibning manaviy-ruhiy tayyorgarlik darajasi bilan bevosita bogliqdir. 
 
Shuni alohida takidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina uning jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi, eng yangi qurol-yaroglar bilan taminlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz saflari professional tayyorgarlikka ega bolgan shaxsiy tarkib bilan qay darajada toldirilgani, ofitser, serjant va askarlarning manaviy, axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qatiy etiqodi, ona Vatan taqdiri uchun masuliyat hissining naqadar yuksak ekani bilan belgilanadi.
 
Bu maqsadlarga erishish uchun eng zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, yetakchi jamoat tashkilotlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat va sanat namoyandalarining kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim. 
 
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy harbiy shaharchalar barpo etish, harbiy okruglar miqyosida integratsiyalashgan qoshinlarorti taminotini yolga qoyish, ijtimoiy, uy-joy, maishiy, tibbiy taminot tizimlarini yaratish yuzasidan qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish vazifalari doimiy etiborimiz markazida bolishi kerak. 
 
Bu vazifalarning ota muhim ahamiyati shundaki, avvalambor bugungi sharoitda faqat puxta tayyorgarlikka ega bolgan, har tomonlama yaxshi taminlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, pirovard natijada el-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning mustahkam va ishonchli kafolati bola oladi.
 
Barchangizga yangi 2014 yilda mustahkam soglik, baxt va omad tilaymiz! 
 
Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni

dle 10.3
Ismingiz:*
E-Mail manzil:*
| | |
Kodni kiriting: *

,